» » Sensatsiya: “Bunyodkor” va “Paxtakor” klublari o‘rtasidagi Toshkent derbisini ko‘rish uchun 20 ming ishqiboz keldi

Sensatsiya: “Bunyodkor” va “Paxtakor” klublari o‘rtasidagi Toshkent derbisini ko‘rish uchun 20 ming ishqiboz keldi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” — “Paxtakor” uchrashuvini 20 186 tomoshabin kuzatib bordi. Bu ko‘rsatkich mazkur turning eng yaxshi natijasi bo‘ldi.

“Bunyodkor”ning 2017-yilgi chempionatdagi barcha o‘yinlarini ko‘rish uchun jami 15 ming muxlis kelgan bo‘lsa, 2018-yilning AGMKga qarshi bo‘lib o‘tgan dastlabki turigayoq 12 ming futbol muxlisi yetib kelgandi. Toshkent derbisi esa 20 minglik dovonga yetdi.

Toshkent derbisining chempionat doirasidagi “Bunyodkor” mezbonlik qilgan o‘yinlari shu tariqa 12 taga yetdi. 2017-yil bu derbi muxlis yig‘ish borasida eng yomon ko‘rsatkichini ko‘rsatgandi — 2 123. 2008-yilgi mavsum esa “Bunyodkor” — “Paxtakor” o‘yinini ko‘rish uchun MXSK stadioniga 18 210 ishqiboz kelgan bo‘lib, bu hozirgacha “Bunyodkor” mezbonligidagi eng yaxshi natija bo‘lib turgandi. Oradan 10 yil o‘tib esa rekord yangilandi va unda “qaldirg‘ochlar” tarkibi ancha kuchaygan “Paxtakor”ni taslim qildi — 1:0.

2-turning ikkinchi natijasini Qarshi shahri qayd etdi. “Nasaf” va “Buxoro” jamoalari o‘rtasidagi bellashuvni tomosha qilish uchun stadionga 10 386 muxlis yetib keldi. Eng yomon ko‘rsatkich esa “Lokomotiv”ga tegishli bo‘lib, “temiryo‘lchilar”ning “Metallurg” bilan o‘yinini ko‘rish uchun 3 188 muxlis stadionga kelgan.

O‘zbekiston Superligasi

2-tur bellashuvlari

Muxlislar tashrifi

“Bunyodkor” — “Paxtakor” 1:0 (20 186)

“Nasaf” — “Buxoro” 3:1 (10 386)

“So‘g‘diyona” — “Neftchi” 0:0 (8 512)

AGMK — “Navbahor” 1:2 (8 320)

“Qizilqum” — “Qo‘qon-1912” 0:2 (7 302)

“Lokomotiv” — “Metallurg” 1:1 (3 188)

Raqamlar “Championat.asia” saytidan olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют