» » Fotogalereya: Dunyodagi eng kuchli jangovar kemalar

Fotogalereya: Dunyodagi eng kuchli jangovar kemalar


Bugungi kunda eng yangi qurollarni tashuvchi suvusti kemalari rivojlangan flotlarning asosiy kuchiga aylandi. “RIA Novosti” dunyo mamlakatlarining eng kuchli raketa tashuvchi kemalaridan iborat jamlanmani taqdim etdi.

“Tikonderoga” kemalar kompleksi AQSh harbiy dengiz kuchlari tarkibida 1980-yildan beri harakat qiladi va uning asosiy zarba beruvchisi hisoblanadi. Bu tipda yaratilgan 27 ta kemadan 22 tasi hozirgi paytda harakatda hisoblanadi. Ekipaj tarkibiga 387 kishi kiradi.

Har bir kemaning suv sig‘imi 9800 tonnani tashkil qiladi va jangovar axborot boshqaruv tizimi bilan jihozlangan. Tizim asosiy texnik operatsiyalarni kema bortida avtomatlashtirishga imkon beradi.

Asosiy zarba beruvchi kuch turli raketalar uchun mo‘ljallangan 122 ta universal vertikal uchirish qutilari hisoblanadi.

Rossiyaning og‘ir yadro raketalar tashuvchi “Pyotr Velikiy” kemasi hozirgi kunda, aviatashuvchilardan istisno tarzida, dunyodagi eng katta jangovar kema hisoblanadi. Uning to‘liq suv sig‘imi 25,8 ming tonnani, uzunligi 250 metrni, maksimal eni 28,5 metrni tashkil qiladi. Ekipaj a’zolari 760 kishidan iborat. Kema tish-tirnog‘igacha qurollangan va har qanday dushmanga qarshi kurasha oladigan suzuvchi qal’a hisoblanadi.

Ko‘pchilik jangovar kemalarning tezligi 55,56 km/soatdan oshmaydi. Bu yo‘nalishdagi rekordchilar 11380 tonna suv sig‘imiga ega Rossiyaning “Atlant” kemalari hisoblanadi. Ular 64,82 km/soat tezlikda harakatlana oladi. Rossiya dengiz flotida uchta “Atlant” bo‘lib, ular Qora dengiz flotidagi “Moskva”, Tinch okeani flotidagi “Varyag” va Shimoliy flotdagi “Marshal Ustinov” hisoblanadi.

Buyuk Britaniya flotidagi “Dering”lar eng zamonaviy va texnologik kemalari hisoblanadi. Har birining suv sig‘imi 8100 tonnani tashkil qiluvchi mazkur oltita kema taktik zarba beruvchi qurollarni olib yurmaydi. Ularning asosiy vazifasi mamlakat harbiy dengiz kuchlarini havodan keladigan xatarlardan himoya qilish hisoblanadi. Har bir kema havo hujumidan himoya tizimi bilan jihozlangan. Tizimning asosi S1850 radiolokatsiya tizimi bo‘lib, 400 kilometr masofadagi va yaqin kosmosdagi nishonlarni aniqlay oladi va bir vaqtning o‘zida 1000 ta nishonni kuzatishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют