» » Eronda qulagan Turkiya xususiy samolyoti bortida biznesmen Husayn Basharanning qizi va 7 nafar dugonasi bo‘lgan

Eronda qulagan Turkiya xususiy samolyoti bortida biznesmen Husayn Basharanning qizi va 7 nafar dugonasi bo‘lgan


Eronda qulagan Turkiya xususiy samolyoti bortida taniqli turk tadbirkori Husayn Basharanning qizi va 7 nafar dugonasi bo‘lgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

28 yoshli Mina Basharan Birlashgan Arab amirliklaridan 28-martga mo‘ljallangab to‘yi arafasida dugonalari davrasida o‘tkazilgan bazmdan qaytayotgandi.

Tadbirkorning qizi 2013-yildan beri xolding direktorlar kengashi tarkibiga kirgani va uni Basharan Holding’da otasining o‘rnini egallashga tayyorlab kelingani bildirilmoqda.

Xoldingga qarashli va Sharjadan Istanbulga yo‘l olgan xususiy samolyot 11-mart, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:20 da radarlardan g‘oyib bo‘ldi.

Uning bortida 11 kishi, jumladan, 3 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Bombardier Challenger 600 Eronning Shahri Kord shahri yaqinidagi tog‘li hududda quladi va yonib ketdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют