» » Britaniyalik fotosuratchini o‘g‘rilikda ayblashdi. Ammo ikki kishi bir vaqtda bir xil surat olgani ma’lum bo‘ldi

Britaniyalik fotosuratchini o‘g‘rilikda ayblashdi. Ammo ikki kishi bir vaqtda bir xil surat olgani ma’lum bo‘ldi


Mart boshida britaniyalik fotosuratchi Ron Risman Angliyaning Sharqiy qirg‘oqlarida bo‘roni suratga tushirdi. Surat ijtimoiy tarmoqlarga joylangach, Rismanni boshqa bir fotosuratchi — Erik Gendronning suratini o‘g‘irlaganlikda ayblashdi. Suratlar haqiqatda deyarli bir xil bo‘lib chiqdi, deb yozadi Afisha Daily.

Risman Gendron bilan bog‘lanib, undan suratning ishlov berilmagan versiyasini oldi. Ikkala fotosuratchi ham bir xil rakursdan bir millisoniya ichida bir xil manzarani tasvirga tushirgani ma’lum bo‘ldi. Faqat suratlarga turlicha ishlov berilgan edi, xolos.

Keyinroq Erik Gendron aytib berishicha, u hamkasbidan 28 metr narida turgan. Biroq ikki fotosuratchi bir-birini tanimagan va kadrlarni o‘zaro muhokama qilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 09:03)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют