» » “Yosh yulduz”. O‘zbekistonda tug‘ilib, faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettirayotgan Valdemar Anton bilan intervyu

“Yosh yulduz”. O‘zbekistonda tug‘ilib, faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettirayotgan Valdemar Anton bilan intervyu


Bundan bir yillar avval Germaniya chempionatida to‘p surayotgan himoyachi Valdemar Antonning O‘zbekiston milliy termasiga kelishi mumkinligi borasida shov-shuv chiqdi. Chunki u aynan O‘zbekistonda tavallud topgan, qolaversa, milliy terma tasnifida hech qaysi jamoa sharafini himoya qilib ulgurmagan.

Biroq Anton masalasi shundan keyin qaytib ko‘rinish bermadi. Uning “Gannover” safidagi o‘yinlaridan kelib chiqib, O‘zbekiston termasiga katta yordami tegishi mumkinligi aytilgan bo‘lsa-da, voqealar rivojida uzilish kuzatildi. “Championat.asia” nashri vakili Vladislav Goyxmann Germaniyaning Bild nashrida yaqindagina e’lon qilingan “Yosh yulduz” nomli intervyuga e’tiborini qaratdi va uni o‘zbekistonliklar uchun ham ilindi.

— 2016-yilning 27-fevral sanasini eslaysizmi?

— Albatta! Bundesligadagi ilk o‘yinim. Biz “Shtutgart”ni 2:1 hisobida mag‘lub etgandik men bir daqiqagina o‘ynagandim. Ammo o‘sha daqiqani butun umr yoddan chiqarmayman. Axir buni yoshligimdan orzu qilardim.

— Ilk bor sizdan dastxat so‘rashganida qanday hissiyotlar o‘tgandi?

— Bu ham o‘zgacha edi. Endi yosh bolalar uchun namuna ekanligingni bilish ajoyib.

— Transfer narxingiz 6,5 million yevrogacha ko‘tarildi. Kiyim almashtirish xonasida o‘zgarish sezildimi?

— Vaqt o‘tgani sayin o‘zgarishlar albatta bo‘ladi. Yosh futbolchini hurmat qilishlari uchun ko‘p mehnat qilishim kerak. Va aytishim kerakki, qolgan sohalarda ham shunday.

— Bosh murabbiy Martin Kind sizni hech qanday pul evaziga sotmasligini ma’lum qildi. Buni matbuotda o‘qiganda nimani his qildingiz?

— Bu futbolda nimagadir erishganimdan dalolat.

— Yaqinda siz klub bilan shartnomani 2021-yilga qadar uzaytirdingiz, ammo unda tovon puli qancha ekani ko‘rsatilmagan.

— Meni professional darajaga olib chiqqan klubimdan minnatdorman. O‘zimni bu yerda yaxshi his qilyapman, men “Gannover”da baxtliman. Shartnomadagi tovon puli esa kerak emas.

— Faoliyatingizni shu yerda tugatishni o‘ylab ko‘rganmisiz? Balki Angliya yoki Ispaniyani orzu qilarsiz? Yoki “Gannover” sardori bo‘lish qadrliroqmi?

— Orzular hammada bor. Menda “Gannover” birinchi o‘rinda. Xorij klublaridan esa “Barselona”da o‘ynashni orzu qilaman.

— Siz Germaniya yoshlar terma jamoasida o‘ynagansiz. Keyingi qadam Bundestim bo‘ladimi?

— Buning uchun juda ko‘p ishlashim kerak.

— Tug‘ilgan joyingiz bo‘lgan O‘zbekiston termasiga chaqirishmayaptimi?

— O‘tgan yil aloqaga chiqishdi. Ammo bobom va buvim u yerda emas, Rossiyada yashashmoqda. O‘zbekistonda qarindoshim qolmagan.

— Siz Olmaliqda tug‘ilgansiz. O‘shanda ismingiz Vladimir edi.

— 2 yoshimda oilam bilan Germaniyaga ko‘chib kelganman. O‘shanda Vladimir deb chaqirishardi, ammo nemis pasportiga Valdemar deb yozishdi.

— Oilada yagona farzandsiz. Dadangiz Aleks avtobus haydovchisi, onangiz Olga oshpaz. Siz ular uchun Gannoverda uy olib berayotgangiz rostmi?

— Ha, o‘zimiz uchun uy sotib olayapman. Bu orzumiz edi. Garchi qiyin bo‘lsa-da, oilamizga uy qidirayapman.

— Ota-onangiz o‘rgatgan eng asosiy narsa nima?

— Tartib. Maktabdan kelganimda kvartirani yig‘ishtirish mening vazifam edi. Otam va onam ishlashardi, men ularga yordam berardim. Hayotda nimagadir erishish uchun kurashaman. Oilam yangi mamlakat tilini bilmasdi, ular ko‘p ishlashardi. Shu bois ota-onamni juda hurmat qilaman.

— Futbolsiz kim bo‘lardingiz?

— Maktabni tugatdim. Endi sport menejeri bo‘lish uchun o‘qimoqchiman. Futbol o‘xshamay qolganida ham, bu menga yordam beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют