» » Lionel Messi o‘g‘il farzandlar soni bo‘yicha Devid Bekhemga yetib oldi. Navbat qizaloqqami?

Lionel Messi o‘g‘il farzandlar soni bo‘yicha Devid Bekhemga yetib oldi. Navbat qizaloqqami?


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi uch karra ota bo‘lish baxtiga yetishdi. Uning ayoli Antonella Rokusso Messi xonadoniga uchinchi o‘g‘il farzandni sovg‘a qildi.

Uchinchi farzandining dunyoga kelishi yo‘lida Messi La Liganing “Malaga”ga qarshi o‘yiniga bormay qo‘ya qoldi. Jamoadoshlari esa yetakchining yo‘qligini bildirmay, 2:0 hisobida zafar quchdi. Messi esa uchinchi farzandiga Chiro deb ism berdi.

Xush kelibsan, Chiro! Shukr, hammasi yaxshi o‘tdi. Ona va bola soppa-sog‘. Biz juda baxtlimiz!

Lionel Messi, “Barselona” futbolchisi

Argentinalik hujumchining bunga qadar Tyago va Mateo ismli o‘g‘illari ham bor edi. Uchinchi o‘g‘il farzand tug‘ilgach Messi afsonaviy futbolchilardan yana biri Devid Bekhem bilan tenglashib oldi. Biroq Bekhemlar xonadonida 2011-yilga kelib qiz farzand Xarper Seven ham dunyoga kelgandi. Xo‘sh, Messi-chi? U yurishni davom ettirarmikin? (:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют