» » Shaxmat federatsiyasi haqida bo‘hton va ig‘volar tarqatgani uchun Irina Qayumova vazifasidan ozod etildi

Shaxmat federatsiyasi haqida bo‘hton va ig‘volar tarqatgani uchun Irina Qayumova vazifasidan ozod etildi


O‘zbekiston shaxmat federatsiyasida hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, deb yozdi “Olamsport”. Unda tashkilotning barcha bo‘limlaridan mutaxassislar, faxriy shaxmatchilar va faol shaxmatchilar ishtirok etgan.

Konferensiyada shaxmat federatsiyasi raisiga ikki o‘rinbosar saylangan: Alisher Maqsudov hamda Murat Salihov. Ijro qo‘mitasiga esa Sayfullo Ahmedov kiritilgan. Ular aslida kim bo‘lib ishlab kelgani haqida ma’lumot berilmagan.

Delegatlar kun tartibiga internet sahifalari orqali tarqalayotgan noto‘g‘ri ma’lumotlar muhokamasini ham qo‘ygan bo‘lib, bunga aybdor sifatida Irina Qayumova ko‘rsatib o‘tilgan. Muhokama oqibatida Qayumova federatsiya a’zoligidan o‘chirilgan.

Qayumova aynan qaysi mavzularda, qachon va qanday qilib ig‘vo qilganiga oydinlik kiritilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют