» » Beruniydan Toshkentgacha piyoda boradigan kollej xodimi Islom Karimov haqida kitob yozmoqchi

Beruniydan Toshkentgacha piyoda boradigan kollej xodimi Islom Karimov haqida kitob yozmoqchi


Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida yashovchi Ravshan Yaxshimurodov Birinchi Prezident Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab Toshkent shahrigacha piyoda yurib bormoqchi ekanini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi. “KRuz.uz” sayti Ravshan Yaxshimurodovdan kichik intervyu oldi.

“Yaqinlarimning takliflariga ko‘ra hamda tegishli tashkilotlar mutaxassislari tomonidan ob-havo sharoitlarini hisobga olib, bergan tavsiyalariga ko‘ra start sanasi Navro‘z ayyomidan keyinga ko‘chirildi. Bunda 1990-yil mart oyining oxirgi 10 kunligida O‘zbekistonda prezidentlik joriy qilinganligi ham hisobga olinishi mumkin”, — deydi Ravshan Yaxshimurodov sayt bilan suhbatda.

Beruniy qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida texnik xodim sifatida faoliyat yurituvchi Ravshan Yaxshimurodov 1200 kilometr yo‘lni piyoda bosib o‘tishdan maqsadi haqida quyidagilarni ma’lum qiladi:

—Maqsadim Islom Karimov xotirasiga hurmat va yoshlarga vatanparvarlik va jasorat namunasini ko‘rsatish, shu yo‘l bilan mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish va uni asrashga da’vat etishdir.

—Safar davomida quyidagilarni rejalashtirganman:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют