» » Nukus bozorida sotuvchi xaridorning plastik kartasidan ikki marta haq oldi

Nukus bozorida sotuvchi xaridorning plastik kartasidan ikki marta haq oldi


Nukus shahri Bulatova ko‘chasi 4-uyda yashovchi X.Turdimuratova shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza bilan murojaat qildi, deb yozadi “KRuz.uz”.

Fuqaro o‘z arizasida ma’lum qilishicha, Nukus dehqon bozori hududida joylashgan U.Darenovga tegishli do‘kondan 40 500 so‘mga savdo qilgan. Ammo sotuvchi uning plastik kartasidan ikki marta haq olgan. X.Turdimuratovaning telefoniga ikki marta to‘lov amalga oshirilgani haqida SMS-xabar kelgach, u sotuvchidan ortiqcha to‘langan pulni qaytarishni talab qilgan. Ammo sotuvchi turli bahonalar bilan rad javobini bergan.

“Mazkur murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilib, iste’molchidan haqiqatdan ham ikki marta pul yechib olganligi aniqlandi. Shuning uchun fuqaroning ortiqcha puli qaytarib berildi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 34) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют