» » Bishkekda bir yarim tonnalik beshbarmoq tayyorlandi (foto)

Bishkekda bir yarim tonnalik beshbarmoq tayyorlandi (foto)


Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida bir yarim tonnalik beshbarmoq tayyorlandi, deb xabar beradi “Nur.kz”.

Aksiya tashkilotchilari ushbu harakat Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilishiga umid qilmoqda.

Bunday ko‘p miqdordagi beshbarmoqni tayyorlash uchun 9 ta ot so‘yildi. Taom har birining sig‘imi 150 litr bo‘lgan 12 ta qozonda tayyorlandi. Oshpazlar barcha sanitariya normalariga amal qildi, shuningdek rekordning qayd etish uchun jarayon videoga olindi.

Aksiya 5-mart kuni nishonlanadigan qalpoq kuniga atab uyushtirildi.

Tashkilotchilar 8-mart kuni Ginnesning rekordlar kitobi vakillaridan Qirg‘iziston rekordining birinchi turidan muvaffaqiyatli o‘tgani haqida javob oldi.

Endilikda oshpazlar ikkinchi turda ishtirok etish uchun hujjat tayyorlamoqda. Undan so‘ng esa natijalar e’lon qilinadi.

Tayyorlangan beshbarmoq jarayonini kuzatish uchun tashrif buyurganlarga, shuningdek mehribonlik uylariga tarqatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют