» » TIV: O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi 30 kunlik vizasiz tartib tegishli bitim ratifikatsiyasidan so‘ng kuchga kiradi

TIV: O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi 30 kunlik vizasiz tartib tegishli bitim ratifikatsiyasidan so‘ng kuchga kiradi


9–10-mart kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi doirasida fuqarolarning o‘zaro kelib ketishlari to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra ikki davlat fuqarolari 30 kungacha vizasiz o‘zaro safar qilishi mumkin.

Ommaviy axborot vositalarida ushbu bitimning amal qilishi boshlangani to‘g‘risida ma’lumot tarqalgani va davlat chegarasidagi o‘tkazish punktlarida fuqarolar uchun noqulayliklar paydo bo‘lishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu bitimning qo‘llanishi uchun tomonlarning ichki tartib-qoidalari (tasdiqlash / ratifikatsiya qilish) yakunlanishi kerakligini ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Tojikiston tomoni bilan birgalikda tegishli tartiblarni tezda joriy etish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi.

Shartnoma kuchga kirish sanasi qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют