» » O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasidagi Bayonnoma 31-dekabrdan kuchga kiradi

O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasidagi Bayonnoma 31-dekabrdan kuchga kiradi


O‘zbekiston bilan Niderlandiya o‘rtasida 2001-yil 18-oktabrda imzolangan daromadlarning ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik va daromad hamda kapital soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni oldini olish to‘g‘risida Konvensiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida 2017-yil 6-fevralda Gaaga shahrida imzolangan Bayonnoma 2017-yilning 31-dekabr kuni kuchga kiradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur Bayonnomada soliqlarni to‘lashdan bosh tortishni oldini olish maqsadida, ushbu Konventsiyaga soliq sohasida axborot almashishning samarali mexanizmlarini kengaytirishga qaratilgan o‘zgartirish kiritish nazarda tutilgan.

Ushbu xalqaro bitim soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashda O‘zbekiston va Niderlandiya hamkorligini mustahkamlashga yordam beradi hamda ikki mamlakat soliq qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlaydi.

Опубликовано: admin (30-12-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют