» » O‘zbekistonda kutilayotgan sovuq havo, Eron va Nepaldagi aviahalokatlar, ketma-ket to‘rtinchi hafta pasaygan dollar kursi va kunning boshqa muhim xabarlari

O‘zbekistonda kutilayotgan sovuq havo, Eron va Nepaldagi aviahalokatlar, ketma-ket to‘rtinchi hafta pasaygan dollar kursi va kunning boshqa muhim xabarlari


12-martning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni Qozog‘istonga tashrif buyuradi. 15-mart kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tadi.

2. TIV: O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi 30 kunlik vizasiz tartib tegishli bitim ratifikatsiyasidan so‘ng kuchga kiradi. Shartnoma kuchga kirish sanasi qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.

3. O‘zbekistonda dollar kursi 23 so‘mga pasaydi. Dollarning so‘mga nisbatan kursi ketma-ket to‘rtinchi hafta pasaydi.

4. O‘zbekistonda havo keskin sovib ketishi kutilmoqda. 14—16-mart kunlari ba’zi hududlarda havo harorati kechasi -7 darajagacha sovishi mumkin.

5. Nepalda samolyot qulashi oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi. Eronda esa Mina Basharan va uning 7 nafar dugonasi bo‘lgan samolyot bo‘laklari topildi.

6. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi: “Voyaga yetmaganlarning masjidga kirishi taqiqlanadi”. “Otasi bilan bo‘lsa ham mumkin emas!”, — dedi arbob, lekin, kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, bu ta’kid qonunga zid.

7. Musulmonlar idorasining Fatvo bo‘limi boshlig‘i ro‘mol haqida: “Endi buni muammo yoki siyosiy tazyiq deb talqin qilish noto‘g‘ri”. Ushbu masalani hal qilish bo‘yicha hozir harakatlar boshlangan.

8. Chempionlar Ligasi: Sardor Rashidov sobiq jamoasi darvozasiga gol urdi. Biroq “Lokomotiv” bu safar ham Qatar klubidan yengildi. O‘yin taqdiri uning yakunidagi qandaydir to‘rt daqiqa ichida hal bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют