» » Janubiy Koreya Surxondaryoni fuqarolari tashrifi uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan hududlar ro‘yxatidan chiqardi

Janubiy Koreya Surxondaryoni fuqarolari tashrifi uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan hududlar ro‘yxatidan chiqardi


Surxondaryo viloyati Janubiy Koreya fuqarolari tashrifi uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan hududlar ro‘yxatidan chiqarildi. Bu borada tashabbus ko‘rsatgan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqda ma’lum qildi.

Janubiy Koreya elchisi Kvon Yon-U viloyatga tashrif buyurib, infrastruktura va joylardagi vaziyat bilan tanishdi. Turizm industriyasi rivoji, mamlakatning bir necha sayyohlik markazida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan turizm politsiyasi va xavfsiz turizm konsepsiyasi haqida batafsil ma’lumot oldi.

Shu sababli 2-martdan boshlab Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirligi Termiz va Afg‘oniston bilan chegaradosh tumanlarni Koreya respublikasi fuqarolari sayyohatlari davomida alohida e’tibor qaratiladigan hududlar ro‘yxatiga kiritish haqidagi qarorini bekor qildi.

Bu minglab sayyohlarning mintaqaga kelishi, iqtisodiyot, turizm va madaniyat sohalarida hamkorlik aloqalari yanada rivojlanishi uchun xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют