» » AQShdagi restoran xo‘randalariga “irqiy notenglik uchun” haq to‘lash taklif qilindi

AQShdagi restoran xo‘randalariga “irqiy notenglik uchun” haq to‘lash taklif qilindi


AQShning Yangi Orlean shahrida ochilgan restoranda oq tanli xo‘randalar “irqiy notenglik uchun” haq to‘lashi mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

SAARTJ restoranining bosh oshpazi nigeriyalik Tunde Vey har kunlik menyuga yangi taom qo‘shdi. Mijozlarga ovqat ikki xil narxda taklif qilinadi — 12 va 30 dollar. Bunda ikkinchi tanlov faqat oq tanli mijozlar uchun bo‘lib, ovqatlar orasida hech qanday farq yo‘q.

Narxlar orasidagi farq Yangi Orleandagi oq va qora tanli oilalar daromadlari orasidagi farqqa asoslangan. Oshpazning o‘zi tomonidan ta’kidlanishicha, afroamerikalik oilalarning daromadi 54 foizga kamroq. Qimmat ovqatlar savdosidan tushgan pul qora tanli mijozlar foydasiga qayta taqsimlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 00:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют