» » AQShda maktab o‘qituvchisi qullar haqida dars o‘tayotib, qora tanli o‘quvchilardan birini oyog‘i bilan ezg‘iladi

AQShda maktab o‘qituvchisi qullar haqida dars o‘tayotib, qora tanli o‘quvchilardan birini oyog‘i bilan ezg‘iladi


Nyu-Yorkdagi o‘rta maktablardan birida o‘qituvchi qullikning mohiyatini qora tanli o‘quvchilar misolida ko‘rsatib berdi. O‘qituvchi qora tanli o‘quvchilarni polga yotqizib, ulardan birini oyog‘i bilan bosdi. O‘qituvchining bu kabi xatti-harakati ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqidga uchradi, deb xabar berdi Fox News.

Nashrning ta’kidlashicha, Patrisiya Kammings 7-sinf o‘quvchilariga dars o‘tayotgan bo‘lgan. O‘qituvchi bolalarga qullikning “Uchburchak shakli” (qullarning Afrika, Amerika va Yevropa o‘rtasidagi savdosi) haqida so‘zlab bergan. Patrisiya uch nafar qora tanli o‘quvchidan butun sinf oldida yerga yotishni so‘ragan.

U yerda yotganlarning biridan “Sen qullik qanaqa bo‘lishini tushunyapsanmi? O‘zingni qanday his qilyapsan?”, deb so‘radi. Yerda yotgan qiz “yaxshi” deganidan so‘ng, o‘qituvchi uning yelkasini oyog‘i bilan bosdi-da: “Qullik qanaqa bo‘lishini ko‘ryapsizlarmi?”, dedi.

Hodisa guvohi bo‘lgan o‘quvchi

O‘quvchilarning aytishicha, Kammings bunga qadar qullikda kaltaklangan va qiynoqqa solinganlar tasvirlangan videoni qo‘yib bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kammings 2016-yildan beri maktabda ishlaydi, noxush hodisadan so‘ng ishdan bo‘shatildi, biroq ko‘p o‘tmay u yana dars bera boshlagan. Hozirda o‘qituvchiga nisbatan tergov ishlari davom etmoqda.

Ushbu hodisa sodir bo‘lgan Bronksdagi 118-sonli maktabning 81 foiz o‘quvchilarini qora tanli va ispan tilida so‘zlashuvchilar tashkil etadi. Uch foizi esa oq tanlidir. Kammingsning o‘zi ham oq tanli.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют