Umid oxirigacha qoladi: “Zob Ohan”ning Amirliklarda mag‘lub bo‘lishi Toshkentning “Lokomotiv”i uchun imkoniyat yaratdi
Qatar Yulduzlar Ligasi chempioni “Al-Duhayl” Chempionlar Ligasining pley-offiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan joriy mavsumning ilk jamoasiga aylandi.
Bu yo‘lda qatarliklar “Lokomotiv” ustidan har ikki o‘yinda ham zafar quchdi. Dohada 3:2 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, Toshkentdagisi 1:2 hisobi bilan yakuniga yetdi. Oqibatda “temiryo‘lchilar” 3 ochko bilan kamida yana 1 ta tur qoladigan bo‘ldi.
Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Amirliklarning “Al-Vahda” klubi dastlabki ochkosini qo‘lga kiritdi. Eronning “Zob Ohan” klubini qabul qilgan arablar 3:0 hisobida ustun keldi. Tomonlarning Isfaxonda o‘tgan o‘yini forslarning 2:0 hisobidagi yutug‘i bilan yakuniga yetgandi.
Shu tariqa “Lokomotiv”ning pley-offga yo‘llanma olish imkoniyati saqlanib qoldi. “Temiryo‘lchilar” 2-o‘rin uchun kurashda davom etadi. 3-aprel kuni ular Amirliklarda “Al-Vahda” mehmoni bo‘lsa, 17-aprel kuni Toshkentga “Al-Vahda” futbolchilari tashrif buyuradi. Mazkur o‘yinlardagi ijobiy natija O‘zbekiston chempionini qutqarib qolishi mumkin.
Chempionlar Ligasi
“B” guruhi. 4-tur
12-mart, dushanba
Gollar: Sardor Rashidov, 35 (1:0). Al-Arabiy, 90-pen (1:1). Al-Arabiy, 94+ (1:2).
Gollar: Sebastyan Taglibe, 45 (1:0). Murod Batna, 57 (2:0). Muhamadda Al-Akbariy, 65 (3:0).
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!






- отсутствуют
