» » YPX xodimi o‘z faoliyatida birinchi bor, chuqurcha sabab sodir bo‘lgan YTHni rasmiylashtirdi

YPX xodimi o‘z faoliyatida birinchi bor, chuqurcha sabab sodir bo‘lgan YTHni rasmiylashtirdi


Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida qoldirilgan postlardan biriga ko‘ra, o‘z avtomobilida harakatlanayotib chuqurchaga tushib ketgan haydovchi YPX xodimini chaqirib, protokol tuzdirgan.

Haydovchining aytishicha, u Sobiq “Tezik” (“Tezikovka”) yaqinida avtomobilini soatiga 30—40 kilometr tezlikda haydab ketayotib yo‘ldagi chuqurga tushib ketgan. Bu kabi holat 2 yildan buyon 3-marta sodir bo‘lishi. Bundan jahli chiqqan haydovchi 102 ga qo‘ng‘iroq qilib, yo‘ldagi chuqurcha bilan yo‘l-transport hodisasi sodir etganini bildirgan.

“15 daqiqadan so‘ng YPX xodimi yetib keldi va biz birgalikda protokolni rasmiylashtira boshladik. YPX xodimi ‘Cobalt avtomobili chuqurcha bilan to‘qnashdi bo‘ladimi yoki chuqurga tushib ketdi?’, — deya so‘radi. Oxir-oqibat barcha hujjatlarni to‘ldirib, tarqaldik. Ertadan keyin tergovga boraman. Qiziq, kim bilan sudlashar ekanman-a?.. YPX xodimining aytishicha, u o‘z faoliyatida birinchi bor yo‘ldagi chuqurcha bilan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganini rasmiylashtirgan”, — deb yozadi foydalanuvchi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют