» » Rossiyada yo‘ldagi o‘pirilishni to‘ldirish uchun kelgan “KAMAZ”ning o‘zi o‘sha chuqurga tushib ketdi

Rossiyada yo‘ldagi o‘pirilishni to‘ldirish uchun kelgan “KAMAZ”ning o‘zi o‘sha chuqurga tushib ketdi


Rossiyaning Irkutsk viloyati Bratskiy tumanida yo‘ldagi ikki metrlik o‘rani to‘ldirish uchun kelgan “KAMAZ” o‘sha chuqurga o‘zi tushib ketdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, yo‘l ustidagi o‘pirilishlar bir yil avval — 2016-yilning mart oyida paydo bo‘lgan, biroq ularni to‘ldirishga hech kim shoshmagan. Tuman ma’muriyati bu yerdan kanalizatsiya o‘tgani uchun texnik qiyinchilikar bor, deya ishni paysalga solgan.

2016-yil avgust oyida prokuratura mahalliy ma’muriyatga o‘pirilishlarni 2016-yilning oktabr oyiga qadar bartaraf etish majburiyatini yuklagan. Biroq ishni amalga oshirgan pudratchining aytishicha, chuqurlarni ko‘mishning imkoniyati endigina paydo bo‘lgan.

2017-yilning aprelida mahalliy hokimiyat o‘pirilishlarni to‘ldirishga tushgan. Chuqurlardan birini maxsus texnika to‘ldirishga muvaffaq bo‘lgan, ikkinchisiga esa “KAMAZ” tushib ketgan. Mashinani ikki soatdan so‘nggina ekskavator yordamida chiqarib olishga erishilgan.

Pudratchining so‘zlariga ko‘ra, tuproqni yuvib ketgan kanalizatsiya oqimi to‘xtatilgan. O‘pirilishlar paydo bo‘lgan joyni yaqin orada zichlab, tekislash rejalashtirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-04-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют