» » Kambojada odamlar 11 ta filni loy chuquridan chiqarib oldi

Kambojada odamlar 11 ta filni loy chuquridan chiqarib oldi


Kambojadagi Keo Seima Wildlife Sanctuary tabiiy qo‘riqxonasi hududida 11 ta fil chuqurga tushib ketdi, deb yozadi National Geographic. Yerdagi chuqurlik 70-yillar oxirida — Kampuchiya-Vyetnam nizosi davrida bomba tushishi natijasida paydo bo‘lgan. Keyinroq, mahalliy fermerlar uni kengaytirib, o‘z ekinlarini sug‘orish uchun suv saqlay boshlagan.

Fillar bu yerga suv ichish uchun kelgan, ammo oyoqlari ostidagi loy yer ko‘chib tushgan va ular taxminan uch metr chuqurlikdagi suv havzasi tubiga tushib ketgan. Jaziramada suvning katta qismi bug‘lanib ketgan. Fillarni odamlar payqab qolgan vaqtda, ular qalin loy qatlamiga belangan edi.

Mahalliy aholi Wildlife Conservation Society tashkilotining tabiat muhofazachilariga murojaat qildi va ular birgalikda qutqaruv operatsiyasiga kirishdi. Ko‘ngillilarning bir qismi uzoq vaqt qamalib qolish natijasida zaiflashib qolgan jonivorlarni oziqlantirdi, boshqalari chuqur chetlariga zinalar qurdi, bu esa fillarning tashqariga chiqib olishiga yordam berdi.

Опубликовано: admin (30-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют