» » Turkiyada turistlar oqimi ketma-ket 19 oydan beri pasayib bormoqda

Turkiyada turistlar oqimi ketma-ket 19 oydan beri pasayib bormoqda


Rossiyalik turistlar 2017-yilning fevralida Turkiyaga o‘tgan yilgiga nisbatan ko‘proq borishgan: turistik oqim 2016-yil fevraliga nisbatan 95,6 foizga ortgan, bu 39,26 ming kishi yoki mamlakatdagi chet ellik sayohatchilarning umumiy 3,4 foizi demakdir. Bu haqda “Kommersant” xabar beradi.

Mamlakatga fevral oyida kelgan chet ellik sayohatchilarning umumiy soni 6,4 foizga — 1,24 milliondan 1,15 millionga kamaygan.

Shu bilan bir qatorda, Turkiyadagi turistlar oqimi ketma-ket 19 oydan beri pasayib bormoqda, ammo pasayish sur’ati yillik hisobda yanvardan beri 10 foizga sekinlashdi. Fevral oyida chet elliklarning qatnovi yanvardagiga nisbatan, taxminan, 100 mingtaga ko‘p.

Sayyohlarning eng katta ulushi hamon Gruziya (12,1 foiz) hisobiga to‘g‘ri kelmoqda, ikkinchi o‘ringa avval 3-o‘rinda bo‘lgan Eron, fevral oyi bo‘yicha uchinchi o‘rinni Bolgariya egalladi. Germaniya ikkinchi o‘rindan to‘rtinchi pog‘onaga tushib ketdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-03-2017, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют