» » O‘zbekistondagi Olimpiya zaxiralari kollejlaridan futbol sport turi olib tashlanadi

O‘zbekistondagi Olimpiya zaxiralari kollejlaridan futbol sport turi olib tashlanadi


Respublika Olimpiya zaxiralari kollejlarida endi futbol sport turi bo‘lmaydi. Bu haqda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov shunday tipdagi kollej rahbarlari hamda sport federatsiyalari vakillari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Mamlakat rahbari Shavkat Mirziyeyovning sport sohasida davlat tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonida ko‘rsatilgan vazifalarni tartibga solish maqsadida, MOQ Olimpiya zaxiralari kollejlari rahbariyatini bir joyga yig‘di. Yig‘ilishda tashkilot prezidenti Umid Ahmadjonov shu tipdagi kollejlar faoliyati butunlay yangidan tashkil etilishini aytib o‘tdi.

Ayrim kollejlarda 29 ta sport turidan saboq beriladi. Xo‘sh, ularning hammasida darslar, mashg‘ulotlar saviyali tashkil etiladi deb aytolamizmi? Qanday qilib bir dona kollej 29 ta turni rivojlantirishi mumkin? Andijonda ko‘rgandik, voleybol uchun har yili 3 ta o‘quvchi qabul qilinadi. Aslida voleybolni 6 kishi o‘ynasa, yana zaxira o‘yinchilari bo‘lsa, 3 ta sportchi bilan nimani rivojlantirmoqchimiz?

Endi kollejlarni mintaqalarga bo‘lamiz. Boks, dzyudo va yakkakurash sport turlariga bo‘lgan talab yuqori, ularni balki hammada qoldirish mumkin. Biroq oqsoqlanayotgan sport turlari bo‘yicha markaz vujudga kelishi kerak. Andijonda 3 ta, Farg‘onada 3 ta, Namanganda 3 ta voleybolchi hech narsaga erishmaydi. Ularni butun vodiy orqali birlashtirishimiz va mashg‘ulotlar saviyasini oshiramiz.

Olimpiya zaxiralari kollejlari sportni ommalashtirish bilan shug‘ullanishi umuman kerak emas. Davlatimiz rahbari bu ishni maktablardan boshlash kerakligini ko‘rsatib ulgurdilar. Kollejlar esa o‘z nomi bilan terma jamoaning zaxirasi bo‘ladi va unda faqatgina mohir sportchi yoshlar jam bo‘lishi shart.

Umid Ahmadjonov, MOQ prezidenti

Tashkilot rahbari Olimpiya zaxiralari tasnifidan chiqib ketayotgan futbol turini kelajakda nima kutayotganiga ham oydinlik kiritdi. Unga ko‘ra, har bir viloyatda markaziy futbol akademiyasi vujudga keltiriladi. Ular bevosita O‘FA tomonidan boshqariladi, qolgan sport turlari esa Olimpiya zaxiralari kollejlari fonida MOQ tasarrufiga kiradi.

Kollejlarda ham, akademiyalarda ham nazorat bo‘ladi. Yosh sportchilar qanday saralab olinayotganidan tortib, ular uchun ajratilgan mablag‘ qanday sarf etilayotganiga qadar kuzatiladi. Tanish-bilishning bolasi emas, chindan ham iqtidori bor bo‘lgan yoshlar kerak bizga. Endi kollejlar sportchilarni ovqatlantirish haqida bosh qotirmaydi, ularning darslari va mashg‘ulotlari bilan ishlaydi. Har bir sportchining ovqat ratsioni va uning taomida, ichimligida qanday ozuqalar bo‘lishi haqida boshqa kompaniyalar ish olib boradi.

Umid Ahmadjonov, MOQ prezidenti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют