» » Qoraqalpog‘istonda qalbaki pul yasagan shaxs ushlandi. U umumiy qiymati 50 mln so‘mdan ortiq pullarni qalbakilashtirgan

Qoraqalpog‘istonda qalbaki pul yasagan shaxs ushlandi. U umumiy qiymati 50 mln so‘mdan ortiq pullarni qalbakilashtirgan


2018-yil 12-fevral kuni noma’lum shaxs Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani hududida yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lib ishlovchi A. ismli shaxsni ishonchiga kirib, uni aldab, 26 dona qalbaki 10 ming so‘mlik kupyura pullarini berib, ikki qop un mahsulotini sotib olgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi tergov departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ichki ishlar organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida qalbaki pullarni yasashda gumon qilingan Qorao‘zak tumanida yashovchi fuqaro O. qo‘lga olinib, uning yonidan qalbaki 2 826 dona 10 ming so‘mlik kupyura va 29 dona 100 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Tergov-tezkor tadbirlari davomida gumonlanuvchi O. ushbu qalbaki pullarni Qozog‘iston Respublikasida yashovchi V. ismli shaxs bilan birgalikda yasaganligi va O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkazish maqsadida olib kirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi ya’ni, o‘tkazish maqsadida qalbaki pul va chet el valyutasini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, yasash yoki ularni o‘tkazish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют