» » Toshkent shahrida 50 ming so‘mlik pullarni qalbakilashtirish bilan shug‘ullanib kelgan guruh qo‘lga olindi

Toshkent shahrida 50 ming so‘mlik pullarni qalbakilashtirish bilan shug‘ullanib kelgan guruh qo‘lga olindi


Toshkent shahrida Bahodir Isroilov, Furqat Azizlarxo‘jayev, Dilshod Qilichev va Shahboz Ishaqov o‘zaro til biriktirib, 50 ming so‘mlik kupyuralarni qalbakilashtirish bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ular jami 100 dona shunday qalbaki pul tayyorlagan va bundan 3,6 million so‘mini ehtiyoji uchun sarflashga ham ulgurgan.

7-fevral kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir jarayonida mazkur guruh Yashnobod tumani joylashgan do‘konda mahsulot xarid qilmoqchi bo‘lgani aniqlanib, ushlandi va ulardan 1,4 million so‘m miqdoridagi qalbaki pul ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan JKning 176-moddasi 2-qismi “v” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, o‘tkazish maqsadida qalbaki qimmatli qog‘ozlar yasash va ularni o‘tkazish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-02-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют