» » Asia-Plus: Ravon Tojikiston avtobozorini zabt etadimi?

Asia-Plus: Ravon Tojikiston avtobozorini zabt etadimi?


O‘tgan yil aprelida Dushanbeda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston sanoat mahsulotlari yarmarkasida Ravon avtomobillari tojikistonliklarda katta qiziqish uyg‘otgandi. Bu haqda Asia-Plus hikoya qilmoqda.

Ko‘rgazma yakunlanib, tegishli shartnomalar tuzilganidan so‘ng 2018-yil 18-iyulda Dushanbeda Ravon avtosaloni ochildi. O‘shandan beri yarim yildan ko‘proq vaqt o‘tdi.

— Dushanbeliklar va poytaxt mehmonlariga R2, R4, Gentra, Nexia R3, Damas, shuningdek, Labo rusumli avtomobillar taklif etilmoqda. Shu yerning o‘zida avtoservis va ehtiyot qismlar ombori ham joylashgan. 7 oy mobaynida 250 ta avtomobil olib keldik, ulardan 220 tadan ko‘pi sotildi. Xaridor buyurtmasiga ko‘ra avtomobil 5-10 kun ichida olib kelinadi. Mijozlarimiz orasida nafaqat jismoniy shaxslar, balki davlat muassasalari ham bor, — deydi avtosalon direktori Farrux Zamonov.

Tojikistonliklarga Ravon avtomobillarining qulay narxi (Ravon R2 7450, Ravon Gentra 12700 dollardan taklif etilmoqda) va ISO xavfsizlik standartlariga javob beradigan sifati ma’qul kelmoqda. Hozirda Xo‘jandda ham avtosalon ochish va ushbu markazlarga avtomobillarning yangi modellarini keltirish rejalashtirilmoqda.

Avtosalonda 2007—2012-yillarda tojik klublari tarkibida o‘ynagan, hozirda futbol agenti bo‘lgan ganalik Charlz Nakutini uchratdik.

—Ravon modellari bilan tanishman, yaxshi mashinalar. Shuningdek, mashinaga 3 yil kafolat berilishi va kreditga sotib olish imkoniyati ham ma’qul. Qolaversa, ganalik yigit Tojikiston yo‘llarida o‘zbek avtosini haydab ketayotganini tasavvur etishning o‘zi ham ajoyib, — deydi Charlz Nakuti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют