» » “O‘zekspomarkaz”da maktabgacha ta’lim vazirligining “Nurli kelajak Ekspo-2018” ko‘rgazmasi boshlandi

“O‘zekspomarkaz”da maktabgacha ta’lim vazirligining “Nurli kelajak Ekspo-2018” ko‘rgazmasi boshlandi


13-mart kuni Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” pavilyonlarida maktabgacha ta’lim vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Nurli kelajak Ekspo-2018” ko‘rgazmasi ish boshladi.

Ko‘rgazmada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan oziq-ovqat, mebel, didaktik o‘yin va o‘yinchoqlar, sport va tibbiyot anjomlari, musiqa asboblari, oshxona asbob-uskunalari, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 250 dan ortiq korxona va tadbirkorlik subyektlari ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma munosabati bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin, vazirlikning maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Yelena Ten, uning o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva, O‘zbekiston Prezidenti davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Rustam Qosimov, bosh vazir o‘rinbosari Qahramon Akmalov, ommaviy axborot vositalari xodimlari va maktabgacha ta’lim tizimi vakillari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida ta’kidlanishicha, joriy yilning 1-fevralidan Toshkent shahridagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga tadbirkorlik subyektlari tomonidan tayyor ovqatlarni yetkazib berish bo‘yicha tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzishga tajriba tariqasida ruxsat berilib, ushbu tajriba bir necha maktabgacha ta’lim muassasalarida joriy etilmoqda. Xususan, poytaxtning Sirg‘ali, Olmazor va Chilonzor tumanlaridagi ayrim MTMda ketring usulida ovqatlantirish yo‘lga qo‘yildi.

Tajriba yakuni bo‘yicha Respublikaning boshqa hududlaridagi maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish tartibini joriy etish choralari ko‘rilmoqda.

Ko‘rgazma davomida O‘zbekiston oshpazlari uyushmasi tomonidan maktabgacha ta‘lim muassasalariga mo‘ljallangan taomlarni pishirish bo‘yicha mahorat darslari ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 119) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют