» » Kompyuterni naushniklar yordamida buzish yo‘li topildi

Kompyuterni naushniklar yordamida buzish yo‘li topildi


Isroildagi David Bin-Gurion universitetining tadqiqot guruhi naushnik va ovoz chiqarish qurilmalari yordamida kompyuterdan ma’lumotlarni chiqarib olish bo‘yicha tajriba o‘tkazdi. Bu haqda Bleeping Computer nashri xabar berdi.

MOSQUITO deb nomlangan hujum usuli kompyuterni maxsus virus yordamida zararlashni ko‘zda tutadi. Zararlangan mashina ovoz chiqarish qurilmalarini va naushnikni bir vaqtning o‘zida ovozli axborot beruvchi qurilmaga aylantiradi.

Zararli dasturiy ta’minot kompyuterda saqlangan fayllarni audiosignallarga aylantirib, buzg‘unchilarga uzatishga imkon beradi. Xuddi shu virusdan foydalanuvchi va qabul qiluvchi mashina ovoz chiqarish qurilmasi va naushnik yordamida audiosignallarni qabul qiladi va ularni qaytadan fayllarga aylantiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 00:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют