» » Foto: Yaponiyadagi sunamidan muhofaza qiluvchi devorlar

Foto: Yaponiyadagi sunamidan muhofaza qiluvchi devorlar


2011-yilning 11-martida yuz bergan 9 magnitudali “Sharqiy Yaponiyaning buyuk zilzilasi” mamlakat tarixidagi eng kuchli yer qimirlashi bo‘ldi. Zilzila kuchli sunamini keltirib chiqardi. Tabiiy ofat esa 160 mingta uyni vayron qildi va 16 ming kishining umriga zomin bo‘ldi, shuningdek “Fukusima-1” AESining halokatiga sabab bo‘ldi.

Yaponiya hukumati halokatlar qayta takrorlanishining oldini olish maqsadida qirg‘oq bo‘yidagi standart to‘lqin kesuvchilarni 12 metrli devorlar bilan almashtirishni boshladi, deb yozmoqda TJournal. Devorlar to‘lqinlarning asosiy zarbini o‘ziga qabul qilishi kerak bo‘ladi. 2018-yilga kelib qariyb 400 kilometr uzunlikdagi devor qurib bo‘lindi — ularning qiymati 12 milliard dollarni tashkil qildi.

Agar to‘lqin devordan balandroq bo‘lsa ham, odamlarda evakuatsiya uchun ko‘proq vaqt bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 06:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют