» » 5 ming dollardan oshiq miqdordagi valyutani O‘zbekistondan olib chiqish tartibi soddalashtirildi

5 ming dollardan oshiq miqdordagi valyutani O‘zbekistondan olib chiqish tartibi soddalashtirildi


Markaziy bank qarori bilan jismoniy shaxslarga naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi soddalashtirildi.

Yangi tartibga muvofiq, jismoniy shaxslar tomonidan 5000 AQSh dollari ekvivalenti miqdoridan oshgan naqd xorijiy valyutani O‘zbekiston hududidan tashqariga olib chiqish uchun ruxsatnoma Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari tomonidan beriladi.

Bunga qadar mazkur ruxsatnoma faqatgina Markaziy bank tomonidan berilar edi.

Endilikda ruxsatnoma olish uchun jismoniy shaxslar Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga tegishli hujjatlarni topshiradi.

Ruxsatnoma olish uchun topshiriladigan naqd xorijiy valyuta kelib chiqishining manbasini tasdiqlovchi hujjatlar aniqlashtirilib, ushbu hujjatlar toifasiga ilgari naqd xorijiy valyuta sotib olinganligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomasi, jismoniy shaxsning bankda ochilgan hisobvaraqlariga xorijdan kelib tushgan valyuta mablag‘larini yechilganligini tasdiqlovchi bank ma’lumotnomasi, naqd xorijiy valyutani xorijiy davlatlardan olib kelganligini tasdiqlovchi bojxona deklaratsiyasi kiritildi.

Ruxsatnomani berganlik uchun jismoniy shaxslardan to‘lov undirilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют