» » Xavining “qaytishi” hammasini o‘zgartirib yubordi va “Nasaf” Qatardan yirik mag‘lubiyat bilan qaytadigan bo‘ldi (video)

Xavining “qaytishi” hammasini o‘zgartirib yubordi va “Nasaf” Qatardan yirik mag‘lubiyat bilan qaytadigan bo‘ldi (video)


Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Qarshining “Nasaf” klubi mavsumdagi ikkinchi yirik mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari guruh bosqichining ilk turini Tehronda “Persepolis”ga qarshi o‘tkazib, 0:3 hisobida yengilgandi. Kecha esa “Nasaf” Dohada “As-Sadd”dan 0:4 hisobida taslim bo‘ldi. Tomonlarning Qarshida kechgan birinchi uchrashuvida “Nasaf” 1:0 hisobida zafar quchishga muvaffaq bo‘lgandi.

Qarshiga ispaniyalik mashhur yulduz Xavi jarohati sabab tashrif buyura olmagandi. Kecha u maydonda harakat qildi va hisob ham 3-daqiqadayoq aynan Xavi tomonidan ochildi. Shu kuni qarshilik futbolchilar yirik mag‘lubiyatdan qutilib qololmadi.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda forslar Amirliklardan g‘alaba bilan qaytishni uddaladi va navbatdagi bosqich uchun qadam tashladi. Kelasi turda “Nasaf” Tehron klubini o‘z maydonida qabul qiladi va guruh bosqichini Amirliklardagi o‘yin bilan yakunlaydi.

Chempionlar Ligasi

“C” guruhi. 4-tur

13-mart, seshanba

Gollar: Xavi, 3 (1:0). Abdulkarim Hasan, 15 (2:0). Bog‘dod Bunedjoh, 43 (3:0). Jugurta Hamrun, 71 (4:0).

Gol: Kamol Kamyabinia, 37 (0:1).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют