» » Toshkentda to‘qnashuv oqibatida yonib ketgan Nexia yo‘lovchisi vafot etdi

Toshkentda to‘qnashuv oqibatida yonib ketgan Nexia yo‘lovchisi vafot etdi


Muqaddam Toshkentning Shayxontohur tumanida ikki avtomobil to‘qnashib, yonib ketgani xabar qilingan edi. UzNews’ga ko‘ra, Nexia’lardan birining yo‘lovchisi vafot etgan.

Nexia rusumidagi ikki avtomobil quvib o‘tish chog‘ida o‘zaro to‘qnashib ketgan. To‘qnashuv oqibatida avtomobillardan birining yoqilg‘i bakida uchqun chiqib, kuchli yong‘inga sababchi bo‘lgan.

Hodisada jarohatlanganlarni tibbiy muassasaga yuborish choralari ko‘rilgan. Ularga 7-sonli shahar klinik shifoxonasida yordam ko‘rsatilgan. U yerda jabrlanuvchilardan biri olamdan o‘tgan.

Marhum yo‘lovchi 1991-yili tug‘ilgan erkak ekanligi ma’lum qilindi.

Shuningdek, ikkala mashina haydovchilari hamda 1996-yili tug‘ilgan yana bir yo‘lovchi jiddiy jarohat olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют