» » Ukrainada yuk mashinasi bir necha tonna piyoz bilan uyga borib urildi (foto va video)

Ukrainada yuk mashinasi bir necha tonna piyoz bilan uyga borib urildi (foto va video)


Piyoz ortilgan DAF yuk mashinasi uyga borib urildi va ag‘darilib ketdi. Hodisa Ukrainaning Nikolayev shahrida 14-mart kuni yuz berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qildi.

Haydovchining so‘zlariga ko‘ra, u svetoforning qizil chirog‘iga to‘xtamoqchi bo‘lib tormoz pedalini bosganda, tormoz ishlamay qolgan. Boshqa avtomobillarga urilmaslik uchun u rulni keskin ravishda chapga burgan. Yuk mashinasi uyga borib urilgan va ag‘darilib ketgan. Mashinaning tirkamasiga 20 tonna piyoz ortilgan edi.

YTH oqibatida hech kim jabrlanmagan. Avtomobil va uyga jiddiy zarar yetgan. Yukning egasi hodisa joyiga boshqa avtomobil yuborgan va piyoz unga ortilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 05:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют