» » O‘zbekiston MDH davlatlari ichida eng baxtli mamlakat deb topildi

O‘zbekiston MDH davlatlari ichida eng baxtli mamlakat deb topildi


Finlyandiya aholisi dunyodagi eng baxtli bo‘lgan mamlakat deb topildi, deb yozadi “Gazeta.uz” Jahon baxt ma’ruzasiga tayanib. Bunday hisobot har yili Xalqaro baxt kuni (20-mart) nishonlanishi arafasida e’lon qilinadi.

Yuqori o‘nlikka Norvegiya, Daniya, Islandiya, Shveysariya, Niderlandiya, Kanada, Yangi Zelandiya, Shvetsiya va Avstraliya ham kirdi.

O‘zbekiston reytingda o‘tgan yilga nisbatan ko‘tarilib (47-o‘rin), 156 ta mamlakat ichida 44-o‘rinni egalladi. Avvalgi yildagi kabi, MDH mamlakatlari va barcha sobiq Ittifoq respublikalari orasida O‘zbekiston birinchi bo‘ldi.

Baxt reytingi, sobiq Ittifoq mamlakatlari

Reytingni tuzishda aholi boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot, umr davomiyligi, fuqarolik erkinliklariga rioya qilinishi, bandlik kafolati, korrupsiya darajasi, shuningdek, jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalari hisobga olinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют