» » O‘zbekiston jahonning eng baxtli mamlakatlari ro‘yxatida 47-o‘rinni egalladi. MDHda esa — birinchi

O‘zbekiston jahonning eng baxtli mamlakatlari ro‘yxatida 47-o‘rinni egalladi. MDHda esa — birinchi


20-mart — Xalqaro baxt kunida Sustainable Development Solutions Network tashkiloti BMT ko‘magida yillik World Happiness Report — Jahon baxtiyorlik darajasi haqida hisobotni e’lon qildi, deya xabar bermoqda UzReport.

Umume’tirof etilgan mazkur hisobot hisob bo‘yicha beshinchisidir. Unda asosiy e’tibor alohida odamlar va xalqlar baxtiyorligining ijtimoiy asoslariga qaratiladi. Hisobot natijalari jahonning 155 mamlakatidagi 3000 respondentning javoblari asosida tayyorlangan.

Hisobotda olti asosiy jihat bo‘yicha aholi turmushining o‘rtacha ko‘rsatkichlari keltirilgan: aholi jon boshiga YaIM hajmi, ijtimoiy ko‘mak, sog‘lom hayotning kutilgan davomiyligi, hayotni tanlash erkinligi, sahovatpeshalik va korrupsiyadan xolilik.

Mazkur reytingda O‘zbekiston MDH mamlakatlari bo‘yicha eng yuqori — 155 mamlakat orasida 47-o‘rinni egalladi

Mazkur hisobotning ikkinchi qismi 2005—2007-yillar va 2014—2016-yillar oralig‘ida mamlakatlar aholisining baxtiyorlik darajasi qanchalik o‘zgargani tadqiqiga bag‘ishlangan. Hayotdan qoniqib yashash sur’ati o‘sishi bo‘yicha O‘zbekiston jahon bo‘yicha kuchli o‘nlikdan joy olgan.

Avvalroq, umumiy ro‘yxatda Norvegiya peshqadam ekani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (22-03-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют