» » O‘zbekistonda “ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar” termini joriy qilindi

O‘zbekistonda “ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar” termini joriy qilindi


O‘zbekistonda ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar termini rasman belgilab qo‘yildi, deb yozadi Spot Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining buyrug‘iga tayanib.

Hujjatga muvofiq, Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar — emitentning oddiy aksiyalarga aylantirilishi mumkin bo‘lgan imtiyozli aksiyalari, korporativ obligatsiyalari termini kiritildi. Ilgari qoidalarda bunday termin bo‘lmagan.

Shuningdek, qayd etilishicha, ochiq obuna endi nafaqat qimmatli qog‘ozlarni soni cheklanmagan investorlar orasida reklamadan foydalangan holda joylashtirish, balki qimmatli qog‘ozlarni ommaviy taklif etish (IPO) orqali ham joylashtirishdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют