» » Davlat raqobat qo‘mitasi Ikkilamchi fond bozorini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqdi

Davlat raqobat qo‘mitasi Ikkilamchi fond bozorini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqdi


Davlat raqobat qo‘mitasi Tadqiqotlar markazi, Qimmatli qog‘ozlar depozitariysi va “Toshkent” Respublika fond birjasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida 2017—2018-yillarda ikkilamchi fond bozorini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqdi.

Konsepsiyaning asosiy maqsadi – O‘zbekistonda emissiya qilinadigan korporativ qimmatli qog‘ozlarning, shuningdek aksiyalar va obligatsiyalarning ikkilamchi bozorini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish imkonini beruvchi startegiya va yo‘nalishlarni belgilashdan iborat.

2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida kapitalni jalb qilish va korxonalar, moliya institutlari va aholining erkin resurslarini joylashtirishning muqobil manbasi  sifatida fond bozorini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Shundan kelib chiqqan holda, Konsepsiya  qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozorini rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi va uning bozor munosabatlari sharoitida  faoliyat ko‘rsatish mexanizmini yanada takomillashtirish, respublika  iqtisodiy tuzilmasini erkinlashtirish borasidagi g‘oyalar, nuqtai-nazarlarni belgilab berdi.

Bundan tashqari,  qimmatli qog‘ozlar aylanishida normal sharoitlarni  vujudga keltirish,  qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi orqali iqtisodiyotga investitsiya kiritish uchun qulay sharoitlarni yaratish,  savdolar tashkilotchilari va fond bozorining professional ishtirokchilari uchun barqaror shart-sharoitlarni yaratishga yo‘naltirildi.

Mazkur hujjatda qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozorini  rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan sabablar chuqur tahlil qilingan. Ushbu kamchiliklar qimmatli qog‘ozlarning  past likvidliligi,  axborotni ochishga nisbatan yuzaki yondashuv, investitsiyaviy vositachilar va fond bozorining professional qatnashchilarining  yetarli emasligi va boshqalardan iborat.

Shuningdek, Konsepsiyada respublikamizda qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozorining rivojlantirish omillari belgilab berilgan. Bularga rivojlanishning ijobiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, biznesni tashkil qilish uchun mavjud muhit va qulay shart-sharoitlar, qimmatli qog‘ozlarning birlamchi va tashkillashtirilgan bozorlarini mavjudligi,  qimmatli qog‘ozlar ishtirokidagi operatsiyalar bo‘yicha soliq imtiyozlari, professional ishtirokchilarning erkin haraktlanishi, hamda Koreya fond birjasi bilan hamkorlik kiradi.

Ishlab chiqilgan Konsepsiyada iqtisodiyotni rivojlanishni bugungi kundagi bosqichida qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishni strategik qoidalari belgilab berilgan. Ular o‘z ichiga qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozorini rivojlantirishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini yuritish, zaruriy resurslar bazasini yaratish,  rivojlanishning  maxsus dasturlarini ishlab chiqish, soliq siyosati va emitentlar faoliyati to‘g‘risidagi axborotlar shaffofligini ta’minlash, qimmatli qog‘ozlar likvidligini oshirish, korporativ harakatlarni, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromad to‘lashni takomillashtirish, IPO loyihalarini ishlab chiqish, infratuzilma institutlarini rivojlantirish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish va boshqalarni  olgan.

Опубликовано: admin (17-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют