» » Surxondaryoda uchta tog‘ turizmi klasteri tashkil etiladi

Surxondaryoda uchta tog‘ turizmi klasteri tashkil etiladi


Surxondaryo viloyati hududida uchta tog‘ turizmi klasterini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Boysun tog‘ turizmi klasteri tumandagi Omonxona, Darband qishlog‘i va Zovboshi tog‘li hududini qamrab oladi.

Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi Xonjiza tog‘ tizmalari yonbag‘ri hamda Sariosiyo tumanidagi Sangardak qishlog‘i hududida Sariosiyo tog‘ turizmi klasteri faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. 

Sherobod tog‘ turizmi klasteri tarkibiga Shalqon qishlog‘i, Xo‘jaikon tuz koni atrofi va hududdagi anorzor hamda boshqa mevali bog‘-rog‘lar kiritiladi.

Viloyatda tashkil etiladigan kichik turizm zonalarida yangi mehmonxonalar, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa inshootlar quriladi. Zamonaviy muhandislik infratuzilma obyektlari barpo etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют