» » Rishton, Urgut va Nurota qishloq turizmi uchun tajriba hududlari sifatida tanlandi

Rishton, Urgut va Nurota qishloq turizmi uchun tajriba hududlari sifatida tanlandi


Savdo-sanoat palatasining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasida “Markaziy Osiyoda barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash uchun biznes uyushmalar orqali qishloq turizmi va ekoturizmni kuchaytirish” loyihasi doirasida seminar tashkil etildi. Bu haqda “Zarafshon” xabar bermoqda.

Kuzatuvlarga ko‘ra, qishloq turizmini rivojlantirish orqali shaharliklarning qishloqda, tabiat bag‘rida hordiq chiqarishlariga zamin yaratiladi, mablag‘lar qishloqqa yo‘naltiriladi va tabiiy toza qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan bahramand bo‘linadi. Yevropa davlatlarida shu uch yo‘nalish keng rivojlangan.

—Bizda ham turizmning har bir sohasi, xususan, qishloq turizmini taraqqiy ettirish uchun barcha imkoniyatlar yetarli, — deydi Savdo-sanoat palatasi bosh mutaxassisi Sardor Boboqulov. — Afsuski, qishloq turizmini qo‘llab-quvvatlovchi huquqiy hujjatlarning yo‘qligi, sohaning rivojlanishini rag‘batlantirish bo‘yicha mintaqaviy dasturlarning sustligi va to‘siq bo‘ladigan bir qator muammolar sabab bu sohada oqsoqliklar kuzatilmoqda. Shuning uchun bu kabi kamchiliklarni bartaraf etishda respublikadagi uch tuman — Rishton, Urgut va Nurota tajribaviy hududlar sifatida tanlab olindi. Bu yerdagi mutaxassislar uchun Qirg‘izistonda o‘quv tashkil etildi.

Seminarda olimlar va soha mutaxassislari qishloq turizmi borasidagi tajribalar bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, Nurota tumanidagi Sentob qishlog‘ida turistlarni jalb qilish usullari va ular uchun yaratilgan qulayliklar, Rishton tumanidagi uy-mehmonxonada sayyohlarga milliy an’analar asosidagi mehmondo‘stlik jarayonlari aks etgan roliklar namoyish etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют