» » Yoqutistonda samolyot nosozligi sabab bortidagi oltinning bir qismi yerga sochilib ketdi

Yoqutistonda samolyot nosozligi sabab bortidagi oltinning bir qismi yerga sochilib ketdi


Yoqutistonda havoga ko‘tarilgan An-12 samolyotining lyuk tavaqasi tushib qoldi, oqibatda esa uning bortidagi oltin quymalari yerga sochilib ketdi, deb xabar beradi “TASS”.

Lyuk tavaqasining uzilib tushganini payqagan ekipaj a’zolari samolyotni aeroportga qaytarishga qaror qildi. Natijada samolyot Yoqutistondan 12 kilometr uzoqlikdagi Magan qishlog‘iga muvaffaqiyatli qo‘ndirildi.

Qayd etilishicha, hodisa yuz bergan paytda samolyot bortida 10 tonnaga yaqin oltin va platina quymasi bo‘lgan. Lyuk tavaqasi ochilib ketganida ularning bir qismi uchish yo‘lagiga to‘kilib ketgan. Samolyotga brilliant ham ortilgan bo‘lishi mumkin.

Hozirgi paytda yozgi uchish maydoni yaqinidagi hudud o‘rab olingan. Hodisa sabablarini aniqlash maqsadida tekshiruv olib borilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, samolyotni parvozga ekipaj a’zolari hisoblanuvchi texniklar tayyorlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют