» » “Aqtau—Toshkent” yo‘nalishidagi poyezdda o‘zbekistonlik Feruza Axmetovaning ko‘zi yoridi

“Aqtau—Toshkent” yo‘nalishidagi poyezdda o‘zbekistonlik Feruza Axmetovaning ko‘zi yoridi


Qozog‘istonlik vagon nazoratchilari O‘zbekiston fuqarosi Feruza Axmetovaning ko‘zi yorishiga ko‘maklashdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Feruza Axmetova homiladorlikning so‘nggi oyida Aqtaudan Toshkentga ketayotgan edi.

Qayd etilishicha, poyezdda ayolning to‘lg‘og‘i boshlangan. Vagon nazoratchilari esa imkon qadar ayolga yordam bergan.

“Hozirda Feruza va yangi tug‘ilgan chaqaloqning ahvoli yaxshi. Bolaga Deniz deb ism qo‘yilgan. Ona-bola Aralskdagi perinatal markazga joylashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

“Men vagon nazoratchilaridan juda minnatdorman. Ular bo‘lmaganida ahvolim nima kechishini hatto tasavvur ham qilolmayman”, — deydi Feruza Axmetova.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют