WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Emirates kompaniyasi samolyotidan ekipaj a’zosi qulab tushdi
Emirates kompaniyasi samolyotidan ekipaj a’zosi qulab tushdi
Uganda aeroportida Emirates aviakompaniyasi samolyotidan ekipaj a’zosi qulab tushdi va jiddiy jarohatlar oldi. Bu haqda 15-mart, payshanba kuni Khaleej Times ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Hodisa Entebbe aeroportida samolyot havoga ko‘tarilishga tayyorgarlik ko‘rayotganda yuz berganligi ta’kidlanmoqda. Noma’lum sabablarga ko‘ra avariya chiqish eshigi ochilib ketgan.
Jabrlanuvchi gospitalga yuborilgan. Ekipaj a’zosining jarohatlari uning hayoti uchun xavf tug‘dirishi ta’kidlanmoqda.
Hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?