WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Nogironligi bor shaxslarni qo‘llab-quvvatlash fondi ta’sis etildi
Nogironligi bor shaxslarni qo‘llab-quvvatlash fondi ta’sis etildi
Vazirlar Mahkamasining 9-martdagi qarori bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshida Nogironligi bor shaxslarni qo‘llab-quvvatlash fondi ta’sis etildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Fond faoliyati nogironlarga yordam ko‘rsatish, ularga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, texnik reabilitatsiya vositalari hamda protez-ortopediya predmetlari ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.
Fond mablag‘larining maqsadli sarflanishini fond kengashi nazorat qiladi. Uning tarkibiga nogironligi bor shaxslar huquqlari va manfaatlarini himoya qiluvchi jamoat birlashmalari vakillari kiradi.
2017-yil dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 600 mingdan ortiq nogironligi bor shaxs istiqomat qiladi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?