WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Putin Anatoliy Sobchak saylovda mag‘lub bo‘lganidan so‘ng kirakash bo‘lib ishlashni rejalashtirganini tan oldi
Putin Anatoliy Sobchak saylovda mag‘lub bo‘lganidan so‘ng kirakash bo‘lib ishlashni rejalashtirganini tan oldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1996-yilda Moskvaga ko‘chib kelishidan avval kirakash bo‘lib ishga joylashish haqida o‘ylaganligini so‘zlab berdi, deb yozadi “Interfaks”.
U tegishli epizod haqida Andrey Kondrashovning “Putin” filmida so‘zlab berdi.
Sankt-Peterburgning o‘shandagi rahbari Anatoliy Sobchak navbatdagi gubernatorlik saylovida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng Moskvaga ko‘chib o‘tgani haqida so‘zlay turib, Vladimir Putin o‘sha lahzada uning boshqa yo‘li bo‘lmaganligini aytdi.
“Nima qilish kerak? Ishlaydigan joyning o‘zi yo‘q edi. To‘g‘risini aytganda, kirakashlik qilib pul topish haqida o‘ylaganman. Bu hazil emas, jiddiy aytyapman”, — dedi prezident.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?