» » Bobomurod Abdullayev ishi: Qiynoqqa solingani tasdiqlanmadi, Hayotxon Nasriddinov aybini tan oldi

Bobomurod Abdullayev ishi: Qiynoqqa solingani tasdiqlanmadi, Hayotxon Nasriddinov aybini tan oldi


O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilishda ayblanayotgan jurnalist Bobomurod Abdullayev va tadbirkor Shavkat Olloyorov ayblovni to‘liq inkor etmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”. Ushbu ish bo‘yicha jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining ikkinchi majlisi 15-mart kuni bo‘lib o‘tdi. Bloger Hayotxon Nasriddinov sudda o‘z aybini to‘liq, tadbirkor Ravshan Salayev esa qisman tan oldi.

Ayblov xulosasiga ko‘ra, Bobomurod Abdullayev “Usmon Haqnazarov” taxallusi ostida hukumatni ag‘darishga chaqiriqlar bo‘lgan “bir yoqlama va bo‘htonlar”dan iborat materiallar yozib, mamlakatda harbiy to‘ntarilish o‘tkazishga tayyorlangan. Ish bo‘yicha bloger Hayotxon Nasriddinov hamda tadbirkorlar Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayev ham qo‘lga olingan. Tergov materiallariga ko‘ra, ular yuqori mansabli davlat amaldorlari haqidagi axborotlarni yetkazib turgan.

Jinoiy ish sudya Zafar Nurmatov raisligi ostida ko‘rib chiqilmoqda. Sud majlisi sudlanuvchi Bobomurod Abdullayevga nisbatan sud tomonidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasi xulosasini o‘qib eshittirishdan boshlandi. 7-martda bo‘lib o‘tgan birinchi majlisda sudlanuvchi “MXX xodimlari bir necha marta uni qiynoqqa solib, urgani, tan jarohatlarini yetkazgani, jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik qo‘llab, u sodir etmagan jinoyatlarni amalga oshirganini tan olishga majburlangani, hatto boshqa shaxslarga nisbatan yolg‘on ko‘rsatmalar berishga erishishgani”ni ta’kidlagan edi.

“Afsuski, ekspertiza qiynoq qo‘llanilgani to‘g‘risidagi talqinimizni to‘liq tasdiqlamadi, — dedi Abdullayevning advokati Sergey Mayorov. — Biroq qonun talablariga rioya etildi”.

Ayblanuvchi tomon qiynoq bo‘lgan, deb aytishda davom etaveradi va bu Bobomurod Abdullayev ko‘rsatmalari bilan tasdiqlanadi, dedi himoyachi. “U qiynoq jarayonini juda batafsil tasvirlab beradi. Tasdiqlardan biri bu hodisalarning qaytadan aytib berilishi bo‘ldi. Agar ular bo‘lmaganidami, u ularni bunchalik chiroyli tasvirlab berolmasdi”, — dedi u.

Keyingi sud majlisi 26-mart kuniga belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют