» » Samarqanddagi fojia: Uka akasini yaralab, so‘ng kelinoyisini o‘ldirdi

Samarqanddagi fojia: Uka akasini yaralab, so‘ng kelinoyisini o‘ldirdi


Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani, Kumushtola ko‘chasidagi Shukurovlar xonadonida 14-mart kuni soat 15:30 atrofida ro‘y bergan oilaviy mojaro fojia bilan yakunlandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

1972-yilda tug‘ilgan B.Shukurov uyida o‘zaro janjal oqibatida akasi, 1959-yilda tug‘ilgan A.Shukurovning boshi va qorniga bolta bilan urib, jarohat yetkazdi.

Shu yerda bo‘lgan A.Shukurovning turmush o‘rtog‘i, 1962-yilda tug‘ilgan M.Shukurovaga ham bolta bilan tashlanib, ko‘ksiga pichoq urdi.

M.Shukurova voqea joyida halok bo‘ldi. Uning turmush o‘rtog‘i kasalxonaga yotqizildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют