» » Shavkat Mirziyoyev: Markaziy Osiyodagi barcha millat va elatlar vakillari birgalikda tinch-totuv yashashi taqdirning ozi tomonidan belgilab berilgan

Shavkat Mirziyoyev: Markaziy Osiyodagi barcha millat va elatlar vakillari birgalikda tinch-totuv yashashi taqdirning ozi tomonidan belgilab berilgan


Ozbekiston Milliy axborot agentligiShavkat Mirziyoyevning Qozogistonda Ozbekiston yili ochilishiga bagishlangan tantanali marosimdagi nutqini elon qildi. Uni toligicha keltirib otamiz.

Muhtaram Nursulton Abishevich!

Hurmatli davlatlar va delegatsiyalar rahbarlari!

Xonimlar va janoblar!

Avvalo, bugun qutlug va saxovatli Qozogiston zaminida ozimizni oz uyimizdagidek, orzu-umid va intilishlari mushtarak bolgan yagona ahil oila azolaridek his etayotganimizni alohida takidlamoqchiman.

Qozogiston Respublikasi Prezidenti, qardoshim va dostim, muhtaram Nursulton Abishevich Nazarboyevga Qozogiston Respublikasida Ozbekiston Respublikasi yilini otkazish togrisidagi tashabbusi va qarori uchun chuqur minnatdorlik bildirmoqchiman.

Kop yillik samarali hamkorligimiz tarixida birinchi marta bolib otayotgan ushbu noyob voqea xalqlarimiz ortasidagi haqiqiy qardoshlik munosabatlarining yorqin ifodasidir.

Yaratganning ozi bizga qoshni bolishdek bebaho nematni ato etgan. Bizning donishmand ota-bobolarimiz Hovli olma, qoshni ol, deb bejiz aytishmagan. Biz azal-azaldan bir zaminda, bir quyosh ostida yashab kelmoqdamiz, bizning ildizlarimiz bir.

Xalqlarimizning Abu Rayhon Beruniy va Abu Nasr Forobiy, Xoja Ahmad Yassaviy va Bahouddin Naqshband, Alisher Navoiy va Abay Qononboyev, Oybek va Muxtor Avezov, Gafur Gulom va Sobit Muqonov kabi ulug namoyandalari va boshqa koplab atoqli olimlar, mutafakkir va shoirlar merosi bizning umumiy boyligimizdir.

Biz insonparvarlik va ezgulik goyalari bilan yogrilgan bu manaviy merosni asrab-avaylashimiz va boyitishimiz lozim.

Aynan shu nuqtai nazardan qaraganda, keyingi paytda siyosiy irodamiz va ozaro intilishlarimiz tufayli dostlik, yaxshi qoshnichilik va strategik sheriklik aloqalarini mustahkamlash yolida hamkorligimizning barcha yonalishlari boyicha haqiqatan ham ulkan natijalarga erishdik.

Hududlarimiz ortasidagi yaqin aloqalar, odamlarning ozaro ochiq muloqoti va dostligi, madaniy aloqalarning faollashgani ezgu maqsad xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda.

Bu yutuqlarga xalqaro miqyosdagi yirik davlat va siyosat arbobi, Qozogiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Nursulton Abishevich Nazarboyevning ulkan say-harakatlari tufayli erishilganini alohida takidlamoqchiman.

Barchamizga yaxshi malumki, Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqamiz tinchligi, barqarorligi va taraqqiyoti, bugungi va kelgusi avlodlarning farovonligi yolida ozaro integratsiyalashuvi tashabbuskori ham aynan hurmatli oqsoqolimiz Nursulton Abishevichdir.

Uning dono rahbarligida amalga oshirilayotgan izchil siyosiy ozgarishlar va iqtisodiy islohotlar, uzoqni kozlab, chuqur oylab ilgari surilayotgan global va mintaqaviy miqyosdagi tashabbuslar butun dunyoda etirof etilayotgani hammamizni xursand qiladi.

Qozogistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashidagi muvaffaqiyatli raisligi, sizning mamlakatingizda bolib otgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga azo davlatlar rahbarlari kengashining tarixiy majlisi, EKSPO-2017 butunjahon korgazmasining yuksak darajada tashkil etilgani, Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar boyicha birinchi sammiti va boshqa koplab yirik xalqaro tadbirlar Qozogistonning yuksak xalqaro nufuzidan yaqqol dalolat beradi.

Bugun Ostona shahrida uzoq yillar mobaynida birinchi marta Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvini otkazdik.

Bularning barchasi, hech shubhasiz, nafaqat Qozogistonning ulkan salohiyatiga, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari bilan hamkorlik borasidagi keng imkoniyatlarga jahon hamjamiyati etiborini qaratishga xizmat qildi.

Hurmatli dostlar!

Biz uchun Qozogiston zamonlar va hayot sinovidan otgan, kop asrlik dostlik va qardoshlik rishtalari bilan chambarchas boglangan yaqin qoshnimizdir.

Bu haqda soz yuritar ekanmiz, buyuk Abayning quyidagi sozlarini esga olamiz:

Ey inson, or-nomus dildoshing bolsin, Bobolar hikmati qoldoshing bolsin. Mol-dunyo, shon-shuhrat barchasi bekor, Jondosh, sodiq dost, yoldoshing bolsin.

Ishonchim komil, bu hikmatli sozlar nafaqat bugungi tantanali marosim, balki mamlakatlarimiz va xalqlarimiz ortasidagi munosabatlarning shioriga aylanadi.

Shu munosabat bilan kuni kecha qozoq xalqining buyuk farzandi, shoiri va mutafakkiri, gumanisti Abay Qononboyev ijodiy merosini keng organish va targib etish togrisida Ozbekiston Prezidentining qarori qabul qilinganini malum qilmoqchiman. Bu ulug zotning bezavol ogitlari bugun ham oz dolzarbligi va ahamiyatini yoqotgani yoq.

Qarligashbiy sifatida ham mashhur bolgan buyuk Tolabiyning maqbarasi Toshkentda joylashgani, ushbu maskan ozbeklar uchun ham, qozoq dostlarimiz uchun ham muqaddas ziyoratgoh ekanidan biz faxrlanamiz.

Muhtaram Nursulton Abishevich, otgan yili Ozbekistonga davlat tashrifingiz davomida birgalikda ana shu tabarruk maskanni ziyorat qilib, xalqlarimizni tinch-totuv va ahil yashashga davat etgan ushbu buyuk shaxs xotirasiga hurmat bajo keltirganimizni yaxshi eslayman.

Oylaymanki, tobora mustahkamlanib borayotgan samimiy munosabatlarimizdan buyuk ajdodlarimizning ruhlari shod boladi.

Darhaqiqat, xalqlarimiz bir-biriga hamisha tayanch va suyanch bolib kelgan.

Tariximiz mushtarakligi va ozaro yaqinligimiz hozirgi dunyoning murakkab muammolarini birgalikda hal etish, biz uchun umumiy tahdidlarga qarshi samarali kurashish, yangi avlodlar uchun kelajakni birgalikda qurishda yordam bermoqda.

Biz qozoqlar, qirgizlar, turkmanlar, tojiklar va ozbeklar, gozal Markaziy Osiyoda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlar vakillari birgalikda tinch-totuv, dost-inoq bolib yashashimiz taqdirning ozi tomonidan belgilab berilgandir.

Shuning uchun ham biz umumiy uyimizni, farzandlarimizni turli nizo va qarama-qarshiliklardan himoya qilish, mintaqamizda tinchlik va farovonlik hukm surishini taminlash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur.

Aziz dostlar!

Ostona opera saroyining ushbu korkam zalida Ozbekiston sanat ustalari tomonidan namoyish etiladigan bugungi konsert xalqlarimizning ozaro yaqinligi, madaniyatimiz, anana va urf-odatlarimiz oxshash ekaniga yana bir yorqin misoldir.

Ozbekistonning istedodli sanatkorlari tomonidan ijro etiladigan kuy-qoshiqlar, ularning sizlar bilan uchrashuvdan oladigan quvonch va shodliklari Qozogistonda Ozbekiston yilini otkazish boyicha rejalashtirilgan birgalikdagi barcha tadbirlarga alohida ruh va kayfiyat bagishlaydi.

Aminmanki, ushbu tadbirlarning muvaffaqiyatli otkazilishi davlatlarimiz ortasidagi yaxshi qoshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Qadrli dostlar!

Samimiy qabul va mehmondostlik uchun sizlarga yana bir bor chuqur minnatdorlik bildirish menga katta mamnuniyat bagishlaydi.

Fursatdan foydalanib, sizlarni va sizlar orqali mintaqamizning barcha qardosh xalqlarini kirib kelayotgan gozal bahor bayrami Navrozi olam bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Etiboringiz uchun rahmat.



Manba: Daryo.uz
: admin (16-03-2018, 09:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
:
-
:
20 ... -