» » Qashqadaryoda 6 yoshli qizining tanasini kuydirib, uni ayovsiz kaltaklagan ayol ozodlikdan mahrum qilindi (video)

Qashqadaryoda 6 yoshli qizining tanasini kuydirib, uni ayovsiz kaltaklagan ayol ozodlikdan mahrum qilindi (video)


2017-yilning 28-noyabrida 6 yoshli Mubina Tojiboyeva Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Paxtazor MFYdagi dala-hovlida ota-onasi tomonidan qarovsiz qoldirib ketilgan. Bu haqda “Sevimli TV”ning “Zamon" axborot dasturida xabar qilindi, deb yozadi UZ24.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudi sudyasi Bobur Imomovning ma’lum qilishicha, IIB xodimlari tomonidan qizaloq achinarli ahvolda — tanasiga turli darajadagi jarohatlar yetkazilgan holatda topilgan. Olib borilgan sud-tergov jarayonida ushbu jinoyatni uning onasi Dilafro‘z Tojiboyeva sodir etganligi aniqlangan.

Xabarda aytilishicha, ayol hech bir sababsiz o‘z farzandini ayovsiz kaltaklab kelgan, tanasini olov bilan kuydirib, bu qilmishini qizining kasalligi bilan xaspo‘shlashga uringan.

Qizaloqning so‘zlariga ko‘ra, onasi uning qo‘llarini bog‘lab, qiynoqqa solgan, tanasini yondirgich bilan yoqib, tuz sepgan va pichoq bilan kesgan.

Qarshi shahrida o‘tkazilgan sayyor sud majlisida fuqaro Dilafro‘z Tojiboyevaga nisbatan yuritilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Sud hukmi bilan ayol 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Mubina Tojiboyeva ayni vaqtda Kitob tumanidagi 5-sonli Mehribonlik uyida tarbiyalanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют