» » To‘rt yoshli qizini kaltaklab, buni videoga olgan ota ozodlikdan mahrum etildi

To‘rt yoshli qizini kaltaklab, buni videoga olgan ota ozodlikdan mahrum etildi


To‘rt yoshli qizini kaltaklab, buni videoga olgan ota ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar beradi O‘zA.

4 yashar qizaloq otasi tomonidan qattiq kaltaklanishi aks etgan videoyozuv 11-noyabr kuni “O‘zbekiston” telekanalining “Uchburchak” ko‘rsatuvida namoyish etilgan, shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Keyinroq ota muqaddam ichki ishlar organlarida ishlagani ma’lum bo‘lgandi.

Mazkur voqeadan keyin Chilonzor tumani prokurori Mubinabonu va uning voyaga yetmagan akasining manfaatini ko‘zlab sudga da’vo arizasi kiritdi. Bolaga shafqatsiz munosabati bois X.A Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudi tomonidan otalik huquqidan mahrum etildi.

Shu bilan birga, X.A ning o‘z qizini qiynab, tahqirlagani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan edi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudida mazkur jinoyat ishiga oid ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Sudlanuvchi so‘nggi so‘zida qilmishidan qattiq pushaymon ekanini, aslida farzandlarini yaxshi ko‘rishi, o‘sha videoni ikki yil davomida xorijda ishlayotgan turmush o‘rtog‘ini qaytarish maqsadida tasvirga tushirganini aytdi. Shunday qilsam, zora ayolim bolalariga rahmi kelib qaytar, degan niyatda edim, dedi u.

Sud majlisida ishtirok etgan sudlanuvchining qarindoshlari so‘zlariga ko‘ra, qizchaning onasi u hali ikki yoshga to‘lmasdan uni otasiga tashlab, o‘zi Turkiya davlatiga ishlashga ketgan. Ota qizchasi va undan kattaroq bo‘lgan o‘g‘liga o‘zi qarab kelgan. Ayolining xorijda yomon ishlar bilan shug‘ullanganini bilgach erkakning sabr kosasi to‘lgan.

Lekin bu gaplarning hech biri bolani urish, qiynash uchun asos bo‘lolmaydi, deyiladi xabarda. Milliy qonunchilikda bolalar huquqlari kafolatlari himoyalangan bo‘lib, ularga nisbatan g‘ayriqonuniy harkatlar sodir etish, ojizligidan foydalanib tahqirlash, ular mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlik choralari ko‘zda tutilgan.

— Ayblanuvchi Jinoyat kodeksining 110-moddasida nazarda tutilgan ya’ni “Qiynash” bilan bog‘liq jinoyatni voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etgan, — deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudi sudyasi Dilmurod Valiyev. – Jazo tayinlashda barcha holatlar inobatga olindi. Sudlanuvchining avval nojo‘ya qilmishlar sodir etmagani, ya’ni sudlanmagani, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgani, aslida bolalari taqdiriga befarq emasligi kabilar jazoni yengillashtiruvchi holat, deb baholandi. X.A olti oyga ozodlikdan mahrum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют