» » 4 yashar qizini kaltaklab, buni videoga olgan shaxs otalik huquqidan mahrum etilgan

4 yashar qizini kaltaklab, buni videoga olgan shaxs otalik huquqidan mahrum etilgan


4 yashar qizini kaltaklayotganini videoga olgan ichki ishlar organlarining sobiq xodimi H.Abdurahmonov sud qaroriga muvofiq, otalik huquqidan mahrum etilgan. Bu haqda, 16-noyabr, payshanba kuni Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida Toshkent shahar prokuraturasi rasmiy vakili Bobir Dehqonov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Xabar berishlaricha, mazkur holat yuzasidan oktabr oyida Abdurahmonovning turmush o‘rtog‘i tomonidan Chilonzor tuman prokuraturasiga murojaat kelib tushgan. Ayol o‘z murojaatida uning eri farzandlariga nisbatan haddan tashqari qo‘pol munosabatda bo‘lishi, ularni haqorat qilib, qiynashi, 4 yashar qizining yuzi va tanasining boshqa joylariga urganini qayd etib o‘tgan.

Tezkor-tergov harakatlari olib borilgach, 30-oktabr kuni Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” va “v” bandlari (voyaga yetmagan va ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan muttasil ravishda do‘pposlash yoki boshqacha harakatlar bilan qiynash) alomatlari jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov davomida bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lish holatlari psixologlar va boshqa mutaxassislarni jalb etib o‘rganilgan va o‘z tasdig‘ini topgan. Abdurahmonovga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Bundan tashqari, sud-texnik ekspertizasi belgilangan bo‘lib, uning yakunlari bo‘yicha Abdurahmonovning telefonidagi axborot va materiallar o‘rganiladi.

Qizaloq va uning akasining psixologik, emotsional va ruhiy holatini, shuningdek, tan jarohatlari darajasi va sabablarini o‘rganish maqsadida sayyor kompleks sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 19-oktabrdagi qarori bilan bolalar ona tarbiyasiga berilgan va ayni vaqtda onasining qaramog‘i ostida qolmoqda.

31-oktabr kuni Chilonzor tuman prokurori fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudiga o‘z farzandlariga jismoniy kuch ishlatib, ruhiy bosim o‘tkazgani, ularning salomatligi va hayotiga xavf soluvchi jinoyatni qasddan sodir etgani uchun Abdurahmonovni otalik huquqidan mahrum etish haqida taqdimnoma bergan. Ushbu taqdimnoma qanoatlantirilgan. Hozirgi vaqtda mazkur ish bo‘yicha tergov davom etmoqda.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jayevnnig tasdiqlashicha, Abdurahmonov haqiqatan ham muqaddam ichki ishlar organlarida ishlagan, biroq jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi arafasida vazifasidan ozod etilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 4 yashar qizchaning otasi tomonidan kaltaklanishi ushbu hodisa aks etgan video “O‘zbekiston” telekanalining “Uchburchak” tok-shousida namoyish etilganidan so‘ng keng ommaga ma’lum bo‘lgan va shov-shuvga aylangan edi.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 129) ( 0) ( 128) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют