» » Chilonzor prokuraturasi 4 yashar qizini kaltaklab, buni videoga olgan otaga nisbatan jinoiy ish ochdi

Chilonzor prokuraturasi 4 yashar qizini kaltaklab, buni videoga olgan otaga nisbatan jinoiy ish ochdi


Toshkent shahar Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan 4 yashar qizaloqning otasi tomonidan kaltaklanishi voqeasi yuzasidan jinoyat ishi ochilgan. Bu haqda, tuman prokuraturasi vakiliga asoslanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.

4 yashar qizaloq otasi tomonidan qattiq kaltaklanishi aks etgan videoyozuv 11-noyabr kuni “O‘zbekiston” telekanalining “Uchburchak” ko‘rsatuvida namoyish etilgan, shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Qizchaning kaltaklanishi videosi aynan ota tomonidan olingan — u qizini urib, haqorat qilishi davomida jarayonni videoga olib turgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘ng bu video ota tomonidan qizning onasiga yuborilgan.

Tuman prokuraturasi vakili so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda, biroq jinoyat ishi qaysi modda bo‘yicha ochilganiga aniqlik kiritilmagan.

Shuningdek, tuman IIB tomonidan jahldor otani qamoqqa olish bo‘yicha sanksiya berish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

Опубликовано: admin (13-11-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют